🌝

Qisqa satrlarda HTML. Kirish

#HTML

Bugundan boshlab sizlarga HTML qo‘llanmasini berib boraman. Bundan oldin JavaScript ni ham boshlagan edim. Lekin o‘ylab qarasam hali HTML haqida ham ko‘pchillik yetarlicha bilimga ega emas ekan. Shu qatori o‘zim ham.

Ushbu qo‘llanmani o‘sha bizga tanish bo‘lgan dastruchi, blogger, bir necha video darslar muallifi — Flavio Kopes yozgan. Agar ingliz tilini bilsangiz uning asl varinatini o‘qiganingiz ma’qulroq.

Bu turkumda qo‘llanmani to‘liq tarjimalarini bo‘lib, berib boraman. Keyinchalik esa hammasini jamlab pdf formatida ham taqdim etishni niyat qilganman.

Endi esa nega o‘zim yozmay tarjima qilyatganiga ma’lum qilsam. Birinchidan, bu kitobni kontenti menga juda ma’qul keldi. Qolaversa, Flavio Kopesni boshqa qo‘llanmalari bilan ham tanishganman. Uning qo‘llanmalari juda qulay tartiblangan. o‘zim bunday darajadagi qo‘llanma yozishim uchun esa anchagina katta tajriba va vaqt kerak bo‘ladi. Vaqt esa kutib turmaydi. Shuning uchun sizlarga tezroq yetkazib berish niyatida tarjima yo‘lini tanladim. To‘g‘ri, tarjima bo‘yicha ham tajribam ko‘p emas. Lekin bu yangi qo‘llanma yozishdan osonroq =)

So‘z boshi, muallifdan

Men bu kitobni HTML ni qisqa vaqt ichida o‘rganishingiz, shuningdek HTML ni biroz mukammal qismlari bilan tanishib olishingiz uchun yozdim.

HTML (Hyper Text Markup Language — Giper matnli markerlash tili) Web olamining eng asosiy quyi blogi hisoblanadi.

HTML rasman 1993-yili yaratilgan va o‘sha davrdagi oddiy matn ko‘rinishidan hozirgi mukammal Web ilovalar ko‘rinishigacha yetib keldi.

Bu qo‘llanma keng auditoriyaga mo‘ljallangan.

Dastlab yangi boshlayatganlar uchun afzalliklari: men HTML ni noldan boshlab qisqa lekin mufassal tarzda tushuntirganman, shuning uchun kitobdan HTML asoslaridan boshlab o‘rganish uchun foydalanishingiz mumkin.

Professionallar uchun: ko‘pchilik HTML ni o‘rganish ikkinchi darajali deb hisoblaydi. Aslida shunday ko‘rinadi xolos. HTML dagi ba’zi narsalar ko‘pchilik uchun tushunarsiz yoki mavhum. Men ham bundan mustasno emasman. Men bu qo‘llanmani avvalo o‘zimni tushunchamni ortirish uchun yozganman, chunki biror narsani tushuntirishdan oldin o‘zim uni yaxshilab anglab olishim kerak.

Siz HTML bilan har kuni to‘qnash kelmasangiz ham, HTML ni qanday ishlashini o‘rganib qo‘yishingiz sizni ba’zi bosh og‘riqlaridan saqlab qoladi. Bunday muammoga asosan, vaqt o‘tishi bilan o‘rganib olarman deydiganlar duch keladi.

Flavio

Menga quyidagi email manzilim orqali bog‘lanishingiz flavio@flaviocopes.com, yoki meni Twitterdan topishingiz mumkin @flaviocopes.

Shaxsiy saytim: flaviocopes.com

Muqaddima

HTML Web olamining asosi. U oddiy va cheklovlarga ega bo‘lishiga qaramay, u o‘zida tengi yo‘q kuchni mujassamlashtirgan. Bu esa dunyo bo‘ylab dasturchi, dizayner, yozuvchi, kabi shaxslarga hujjatlar, ilovalarni tayyorlashda qo‘l kelmoqda.

Men HTML haqidagi birinchi kitobim — “Ochib berilgan HTML” ni 1997-yili chiqargandim. U juda katta edi, sahifalari ko‘p edi.

Oradan 20 yildan ko‘proq muddat o‘tdi, HTML esa haligacha Webning asosi bo‘lib kelmoqda. Shu davrda uning asosida bir qancha kichik o‘zgarishlar bo‘ldi xolos. To‘g‘ri, biz ko‘roq semantik teglarga ega bo‘ldik, taqdimot HTML endi muammo emas, diazaynni esa CSS o‘z bo‘yniga oldi.

HTML ning muvaffaqiyati oddiylikda.

U XHTML orqali XML ga qo‘shilishga qarshilik qildi, chunki ko‘pchilik uchun bu murakkablik tug‘dirardi. HTML bu ishni bizga yana boshqa xususiyat — “keshirish” ni taqdim etish uchun amalga oshirdi. Bu shunday qoidalarki, ularni o‘rganib olganizdan so‘ng, o‘zizni ancha erkin hiz qilasiz.

Brauzerlar bardoshliroq bo‘lishni va HTML ni foydalanuvchilarga qo‘lidan kelgancha tez taqdim qilishni boshladi.

Eng muhimi Web olami bir ishni to‘g‘ri qildi: hech qachon o‘zining oldingi holatiga muvofiqlikni o‘zgartirmadi. Agar siz oldingi, masalan 1991-yil yozilgan HTML hujjatlarni ko‘rsangiz, ular deyarlik bugungi kodlarimizdan farq qilmaydi.

Bizga hattoki birinchi yaratilgan web sahifa ham ma’lum:
http://info.cern.ch/hypertext/WWW/TheProject.html

Bu sahifani kodini ko‘rsangiz ham bo‘ladi, aytganchi, shu xususiyati uchun Web va HTML ga minnatdorchilik bildirishimiz kerak. Ya’ni siz istalgan sahifani HTML kodini olib, ko‘rishingiz mumkin.

Buni oddiy holat deb o‘ylamang. Men boshqa hech qaysi platformada bunday xususiyatni ko‘rmaganman. Har bir brauzerda maxsus dasturchilar oynasi mavjud bo‘lib, u bizga dunyoning istalgan qismida yozilgan sahifani HTML kodga o‘girib beradi, va siz bundan ilhom olishingiz mumkin.

Agar HTML siz uchun yangilik bo‘lsa, bamolol shu kitobdan o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Agar siz tajribaga ega bo‘lsangiz, kitob sizga bilimingizni oshirishga yordam beradi.

Men 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lsamda, qo‘llanmani yozish davomida juda ko‘p narsani o‘rgandim. Ishonchim komilki, siz ham o‘ziz uchun qandaydir yangilik topasiz. Yoki yodingizdan ko‘tarilgan nimanidir eslaysiz.

Har qanday holatda ham, kitobning maqsadi sizga naf keltirish. Umid qilamanki, u buni uddalaydi.